logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Martin «Barselona»ning mag'lubiyati haqida: «Dahshatli o'yin»

 24 MAY, 2026, 03:36

«Barselona» himoyachisi Jerar Martin La Liganing so'nggi turi doirasida «Valensiya»ga qarshi o'yindan (1:3) keyin intervyu berdi. Kataloniyaliklar 61-daqiqada Robert Levandovskining goli evaziga hisobni ochishgandi, biroq qolgan vaqt ichida o'z darvozalaridan uchta to'p o'tkazib yuborib, «ko'rshapalaklar»ga imkoniyatni boy berishdi. 

«Biz xafamiz, o'yin dahshatli chiqdi. Hech birimiz mavsumni bunday tarzda yakunlashni xohlamagandik. Umumiy olib aytganda esa mavsum muvaffaqiyatli o'tdi — biz ikkita sovrinni qo'lga kiritdik. Boshida ishlarimiz unchalik yaxshi ketmayotgandi, lekin o'zimizni o'nglab oldik va chempionatda maqsadimizga erishdik», — dedi Martin o'yindan keyingi intervyusida.

«Barselona» 38 tur yakunlariga ko'ra Madridning «Real» klubini sakkiz ochkoga ortda qoldirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ