logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Eron FIFA bilan terma jamoa qarorgohini AQShdan Meksikaga ko'chirish bo'yicha kelishuvga erishdi

 24 MAY, 2026, 03:00

Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj jamoaning JCh-2026 ga ko'radigan tayyorgarlik jarayonidagi o'zgarishlar haqida ma'lumot berdi.

Tashkilot prezidenti terma jamoaning mashg'ulot bazasi AQShdan Meksikaga ko'chirilishini e'lon qildi.

«Jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha terma jamoalarning bazaviy lagerlari FIFA tomonidan tasdiqlanishi kerak. Xayriyatki, bizning so'rovlarimiz hamda Istanbulda FIFA va JCh tashkiliy qo'mitasi vakillari bilan o'tkazgan uchrashuvlarimizdan so'ng, shuningdek, kecha FIFA bosh kotibi bilan bo'lib o'tgan vebinardan keyin jamoa lagerini AQShdan Meksikaga ko'chirish haqidagi iltimosimiz qabul qilindi», — dedi Toj.

Shuningdek, u terma jamoa Meksikaga «Iran Air» reyslari orqali uchib kelish va qaytish imkoniyatiga ega bo'lishini ham alohida ta'kidlab o'tdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ