logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» Germaniya Kubogi finalida «Shtutgart»ni mag'lub etdi

 24 MAY, 2026, 02:18

«Bavariya» Germaniya Kubogi finalida «Shtutgart»dan ustun keldi — 3:0. Uchrashuv Berlindagi «Olimpiashtadion» stadionida bo'lib o'tdi.

55-daqiqada Xarri Keyn hisobni ochdi, asosiy vaqt tugashiga o'n daqiqa qolganida esa ingliz hujumchisi dublni rasmiylashtirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda forvard penaltini aniq amalga oshirib, xet-trikka erishdi.

Myunxen jamoasi o'z tarixida 21-bor va 2020 yildan beri ilk marta Germaniya Kubogi sohibiga aylandi. Bu musobaqaning yangi rekordi hisoblanadi. Titullar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda «Verder» bormoqda — ularda oltita kubok mavjud.

«Shtutgart» esa ketma-ket ikkinchi marta finalda o'ynadi. «Shvablar» o'z tarixida to'rt bor Germaniya Kubogini qo'lga kiritishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ