logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Xall Siti» APLga chiqdi — Chempionship pley-off finalida «Midlsbro» mag'lub etildi

 23 MAY, 2026, 22:48

2025/2026 yilgi Chempionship pley-off final bahsi yakunlandi. Unda «Xall Siti» va «Midlsbro» o'zaro to'qnash keldi. «Yo'lbarslar» 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuv "Uembli"da bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida avstraliyalik Jarred Jillett ishladi. Yagona golga Oliver Makbarni 90+5-daqiqada mualliflik qildi.

Yarim finalda «Xall Siti» «Milluoll»dan ustun kelgan bo'lsa (0:0, 2:0), «Midlsbro» «Sautgempton»ga yutqazgandi (0:0, 0:1). Biroq «avliyolar»ga boshqa jamoalar mashg'ulotlarini ruxsatsiz videotasvirga olgani uchun texnik mag'lubiyat yozildi.

Bundan avval to'g'ridan to'g'ri APLga «Koventri Siti» va «Ipsvich Taun» chiqqan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ