logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» — «Shtutgart»: Germaniya Kubogi finali uchun jamoalarning boshlang'ich tarkiblari

 23 MAY, 2026, 22:24

Bugun, 23 may kuni Germaniya Kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda «Bavariya» va «Shtutgart» jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. O'yin Berlindagi «Olimpiashtadion» stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvni Sven Yablonski boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O'yinning boshlanishi — Toshkent vaqti bilan 23:00 da.

«Bavariya»: Urbig, Upamekano, Ta, Kimmix, Keyn, Musiala, Dias, Olise, Laymer, Stanishich, Pavlovich.

«Shtutgart»: Nyubel, Xendriks, Shtiller, Mittelshtedt, Demirovich, Fyurix, Xakes, Leveling, Xabot, Undav, Andres.

Musobaqaning 1/2 final bosqichida Myunxen klubi Leverkuzenning «Bayer» jamoasi ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi. «Shtutgart» esa ushbu bosqichda «Frayburg»ni qo'shimcha vaqtlarda mag'lub etdi (2:1).

Ta'kidlash joizki, «Shtutgart» Germaniya Kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi. Klub 2024/25 yilgi mavsum finalida «Arminiya»ni 4:2 hisobida mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ