logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Kamavinganing kelajagi borasida bir qarorga keldi

 23 MAY, 2026, 22:12

Yarim himoyachi Eduardo Kamavinga shu yozda «Real»ni tark etmasa kerak. Marca nashrining xabariga ko'ra, frantsuz futbolchisi yozgi transfer oynasida madridliklar safini tark etish bo'yicha hech qanday taklifni ko'rib chiqmoqchi emas. U kelasi mavsumni joriy mavsumdagidan ko'ra yaxshiroq o'tkazishni maqsad qilgan.

Shuningdek, yarim himoyachi «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peresning ishonchini saqlab qolmoqda. Ularning munosabatlari juda yaxshi. Bundan tashqari, «Real» ham shu yozda futbolchini sotib yuborish niyatida emas.

Eduardo Kamavinga 2021 yilda «Renn»dan 31 million evro evaziga «Real»ga o'tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda frantsuz futbolchisi barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ