logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Brayan Mbeumo «Manchester Yunayted»dagi eng kam baholangan futbolchi kimligini aytdi

 23 MAY, 2026, 18:54

«Manchester Yunayted» hujumchisi Brayan Mbeumo jamoadoshi Joshua Zirkzeeni «qizil iblislar» safidagi eng kam baholangan futbolchi sifatida e'tirof etdi.

Sky Sports nashriga bergan intervyusida Mbeumo niderlandiyalik forvardning imkoniyatlariga yuqori baho berdi:

«[Eng kam baholangan o'yinchi?] Albatta, Joshua Zirkzee. Nega? Chunki u jamoadoshlari bilan juda yaxshi til topisha oladi. U juda kuchli yigit. Mashg'ulotlarda u to'pni nazorat qilayotganida, undan olib qo'yish juda qiyin. Shuningdek, u vaziyatlardan foydalanishda mohir va kuchli zarbalarga ega. Uning o'yini meni hayratda qoldirdi. Bundan tashqari, u juda xushmuomala va quvnoq inson», — dedi Mbeumo.

Ma'lumot uchun, Zirkzeening «Manchester Yunayted» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda 25 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 22 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ