logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xames Rodriges 2017 yilda nega «Manchester Yunayted»ga emas, «Bavariya»ga o'tganini ochiqladi

 23 MAY, 2026, 18:30

34 yoshli yarim himoyachi Xames Rodriges «Real»dan ketish arafasida «Manchester Yunayted»ga o'tishga yaqin bo'lgani, biroq Karlo Anchelottining birgina qo'ng'irog'i barchasini o'zgartirib yuborganini hikoya qildi. Bu haqda futbolchi Netflix hujjatli filmida so'zlab berdi.

Rodrigesning eslashicha, o'sha paytda «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga juda yaqin edi:

«Hech kim bilmaydi, ammo «Real»ni tark etgach, «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolashim kerak edi. Jorje Mendesh mendan «Bavariya»ga o'tishni xohlaysanmi?» deb so'radi. Men esa hayron bo'lib, u erda Riberi va Robben borligini, qaerda o'ynashimni so'radim. U «Karlo Anchelotti seni so'ragan», dedi», – deydi kolumbiyalik futbolchi.

Shundan so'ng Karlo Anchelotti shaxsan Xamesga telefon qilgan.

«Anchelottiga «Men «Manchester»ga o'tmoqchiman», dedim. U esa «Qanaqa «Manchester»? U er «o'lik» (rivojlanmayapti). Sen mening jamoamga kelishing kerak», deya javob berdi. O'ylashimcha, «Bavariya»ga o'tish eng to'g'ri qaror bo'lgan», – deya ta'kidladi Xames Rodriges.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ