logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pirs Morgan Brunu Fernandeshning APLda mavsumning eng yaxshisi deb topilganidan g'azabda

 23 MAY, 2026, 18:00

Taniqli teleboshlovchi va «Arsenal» muxlisi Pirs Morgan «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning joriy mavsumda Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilganini tanqid ostiga oldi.

Gap shundaki, Fernandesh APLda mavsumning eng yaxshi o'yinchisi bo'lganidan tashqari, professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan ham yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun asosiy da'vogar (81 foiz ehtimollik bilan) sifatida ko'rilmoqda.

Bu xabar Morganning keskin noroziligiga sabab bo'ldi. U o'z ijtimoiy tarmoqlarida quyidagicha munosabat bildirdi:

«Nimalar bo'lyapti o'zi? «Arsenal»ni 22 yillik tanaffusdan keyin chempionlik sari etaklagan o'yinchi (Deklan Rays nazarda tutilmoqda) o'rniga, mavsum davomida muvaffaqiyatsizliklarga uchragan futbolchi qanday qilib eng yaxshisi bo'lishi mumkin? Bu aql bovar qilmaydigan holat», – deb yozadi u.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ