logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bernardu Silvaning «Atletiko»ga o'tishi yaqinlashmoqda

 23 MAY, 2026, 17:12

Bernardu Silva «Atletiko» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Avvalroq madridliklar klubi mavsum yakunida «Manchester Siti»ni erkin agent sifatida tark etadigan yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani ma'lum bo'lgandi.

«Marca» xabariga ko'ra, tomonlar hozircha moliyaviy masalalar bo'yicha kelishuvga erishgani yo'q. Portugaliyalik futbolchi «Siti»da yiliga taxminan 18 million evro ish haqi olgan bo'lsa, «Atletiko» unga bunchalik katta maosh to'lay olmaydi, futbolchining o'zi ham bunday summani kutmayapti. Shunga qaramay, Silva Madrid klubidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, «Atletiko»da hozirda eng ko'p maoshni Yan Oblak oladi — yiliga taxminan 10 million evro.

Har ikki tomon ham hamkorlikka qiziqish bildirmoqda. Muzokaralar jarayoni APL va La Liganing so'nggi turidan keyin tezlashishi kutilmoqda. Tomonlar Bernardu 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga etib kelguniga qadar shartnoma imzolashni rejalashtirishmoqda.

Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi APLda 37 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ