«Manchester Yunayted»ning yozgi transferlar bo'yicha pozitsiyasi ma'lum bo'ldi
23 MAY, 2026, 16:06
Eslatib o'tamiz, qishda «Manchester Yunayted» Ruben Amorimni iste'foga chiqargan edi. «Qizil iblislar» jamoa boshqaruvini Maykl Kerrikka ishonib topshirishdi.
Hozirda mankunianliklar APLda uchinchi o'rinni egallab turishibdi va «Yunayted» allaqachon rasman Chempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qilgan.
Manbaning xabar berishicha, klubning yozgi transferlar borasidagi pozitsiyasi aniq: «Manchester Yunayted» o'rtamiyona futbolchilar uchun kuch va mablag' sarflamoqchi emas. Jamoa faqat yuqori darajadagi o'yinchilarni sotib olishga e'tibor qaratadi.
