logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jezus: «Bu meni biroz tashvishga solyapti»

 23 MAY, 2026, 16:00

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus jamoaning bu mavsumda ko'p gollarini standart vaziyatlarga tayanib urgani haqida o'z fikrini bildirdi.

«Rostini aytsam, havaskor ligalarda o'ynab o'sgan braziliyalik sifatida, standart vaziyatlardan foydalanish masalasi meni biroz tashvishga soladi, lekin bu futbolning bir qismi.

Biz faqat standartlardan gol urganimiz yo'q. Mayli, ulardan ko'p foydalandik, lekin bu bizning maxfiy qurolimiz. U ham hujumda, ham himoyada katta farq qiladi, chunki Premer-ligada jismoniy holat juda muhim.

Boshqa jamoalar ham standartlardan foydalanishadi. O'tgan yili «Liverpul» chempion bo'lganida ular ham standartlardan ko'p gol urishgandi. Bizchalik ko'p bo'lmasa-da, lekin urishgan. Shuning uchun bu meni u qadar qattiq bezovta qilmaydi. Lekin, bilasizmi, havaskor futbolda o'sgan braziliyalik sifatida, qalbimning tubida...» — dedi Jezus.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ