logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» Rays bo'yicha bir qarorga keldi

 23 MAY, 2026, 15:54

Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati jamoa markaziy yarim himoyachisi Deklan Raysning o'yin darajasidan mamnun. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «kanonirlar» xavbek bilan yaxshilangan shartlar asosida yangi mehnat shartnomasini imzolamoqchi. «Arsenal» va Rays o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yilning yozida tugaydi.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi London jamoasining 54 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Deklan o'z hisobiga 5 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» muddatidan oldin Angliya chempioniga aylandi. 30 may kuni Mikel Arteta shogirdlari UEFA Chempionlar ligasi finalida Frantsiyaning «PSJ» jamoasi bilan to'qnash kelishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ