Iliya Topuriya qanday holatda Makgregor bilan jang qilishini aytdi
23 MAY, 2026, 15:48
UFC chempioni Iliya Topuriya Konor Makgregor bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi."Agar hozir menga Konor bilan jang qilishni taklif qilishsa, rad etardim. CHunki hozir u menga hech narsa bera olmaydi. Bilaman, dunyoda bu jangni ko'rishni istaydiganlar juda ko'p, ammo meningcha, hozirgi Konorga qaraganda qiziqarliroq bo'ladigan boshqa raqiblar ro'yxati bor. Ammo u Maks ustidan g'alaba qozonsa, keyin nima bo'lishini kim ham bilardi", — dedi Topuriya ESPN’ga.
Manba: olamsport.com
