logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» yulduziga uchta top-klub da'vogar: Alvares qaerni tanlaydi?

 23 MAY, 2026, 14:30

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares atrofidagi transfer mish-mishlari tinmayapti. Argentinalik futbolchiga da'vogar sifatida «Barselona», «PSJ» va Londonning «Arsenal» klublari tilga olinmoqda.

Taniqli jurnalist Gaston Edulning fikricha, futbolchi uchun kurashda «ko'k-anorranglilar» hamon asosiy favorit bo'lib qolishmoqda.

«Men uning «Barselona»ga o'tish ehtimolini 45%, «PSJ»ga o'tishini 35%, «Arsenal»ga borishini esa 20% deb baholayman. Agar «Barsa» haqiqatan ham uni sotib olmoqchi bo'lsa, o'z niyatlarini jiddiy taklif bilan tasdiqlashi kerak bo'ladi. Hozircha faqat birgina klub muzokaralarda oldinga siljigan – bu «PSJ». Parij klubi Xulian va «Atletiko»ga katta mablag' taklif qilishni va'da qilgan», – deydi ekspert.

Transfermarkt portali «matraschilar»ning 26 yoshli yulduzini 90 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ