logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Peresning raqobatchisi Ispaniya banklarining qo'llab-quvvatlashiga erisha olmadi

 23 MAY, 2026, 14:24

«Real» prezidentligiga da'vogarlik qilayotgan Enrike Rikelmeni Ispaniya banklari qo'llab-quvvatlashni istamadi.

El Pais nashrining xabar berishicha, Cox Energy energetika kompaniyasi rahbari Banco Santander va BBVA banklaridan zarur bo'lgan moliyaviy kafolatlarni ololmagan.

Voz Populi ma'lumotlariga ko'ra, bu rad javobi Madrid klubining amaldagi rahbari Florentino Peres tomonidan bo'lgan bosim bilan bog'liq. «Real» prezidenti, shuningdek, yuqorida tilga olingan har ikki bank bilan yaqin aloqada bo'lgan Grupo ACS qurilish kompaniyasining egasi hamdir. Har ikki moliyaviy-kredit tashkiloti Peresning atrofidagilar tomonidan Rikelme yoki Florentinoning boshqa biror raqobatchisini qo'llab-quvvatlash ehtimoliy ishbilarmonlik oqibatlariga olib kelishi haqida ogohlantirilgan.

Endilikda Cox Energy rahbari xorijiy banklar — Scotiabank va Andbank bilan muzokaralar olib bormoqda. Andbank allaqachon kafolat xatini taqdim etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ