logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Roma» «Zenit» sobiq hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

 23 MAY, 2026, 13:54

«Zenit»ning sobiq hujumchisi, hozirda Braziliyaning «Korintians» klubi sharafini himoya qilayotgan Yuri Alberto faoliyatini Evropa chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, italiyalik «Roma» klubi braziliyalik futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rim klubi bo'lajak transfer oynasida 25 yoshli hujumchini o'z tarkibiga qo'shib olishga urinib ko'radi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million evro deb baholamoqda. Albertoning «Korintians» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Ma'lumot uchun, Italiya chempionati yakunlanishi arafasida «bo'rilar» 70 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turishibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ