logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karvaxal va Alaba «Real» safidagi so'nggi o'yinini asosiy tarkibda boshlashadi

 23 MAY, 2026, 13:48

Himoyachilar Daniel Karvaxal va David Alaba Madridning «Real» klubi safidagi so'nggi o'yinini o'tkazadi. Diario AS nashrining xabar berishicha, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing so'nggi turi doirasida bugun «Atletik» Bilbaoga qarshi kechadigan bahsda ikkala futbolchini ham asosiy tarkibda maydonga tushiradi.

Ispaniyalik qanot himoyachisi va avstriyalik markaziy himoyachi «Santyago Bernabeu» stadionidagi muxlislar bilan xayrlashishadi — mavsum yakunida ikkala futbolchi ham erkin agent sifatida klubni tark etadi. Katta ehtimol bilan, bu uchrashuv Alvaro Arbeloaning madridliklar grandi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatiga ham yakun yasaydi.

«Real» va «Atletik» o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ