logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Entso Mareskaning «Manchester Siti»dagi ilk transfer maqsadi ma'lum

 23 MAY, 2026, 13:30

«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Entso Mareska «Manchester Siti»da Xosep Gvardiolaning o'rnini egallashga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Transfer News Live nashrining jurnalist Saymon Fillipsga tayanib xabar berishicha, italiyalik mutaxassis yangi jamoasida «Chelsi»da birga ishlagan davrlaridan yaxshi tanish bo'lgan Mark Kukurelya bilan qaytadan birga ishlashni istamoqda. Bo'lajak «shaharliklar» ustozi chap qanot himoyachisining o'yiniga yuqori baho beradi.

Mark Kukurelyaning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi. Mish-mishlarga ko'ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ