logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Denzel Dyumfris transferini ko'rib chiqmoqda

 23 MAY, 2026, 12:54

Niderlandiyalik qanot himoyachisi (lateral) Denzel Dyumfris faoliyatini Milanning «Inter» klubidan Madridning «Real» klubiga ko'chirishi mumkin. Bu haqda Defensa Central jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Dyumfrisning nomzodi «qirollik klubi» faxriysi Dani Karvaxal o'rniga asosiy o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Real»ni tark etadi.

Denzelning «neradzurrilar» bilan tuzgan shartnomasida belgilangan tovon puli 25 million evroni tashkil qiladi. Uning milanliklar bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

2025/2026 yilgi mavsumda Dyumfris 28 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ