Frantsiyaning evrokuboklardagi vakillari aniq bo'ldi: «Renn» Evropa Ligasiga chiqdi, «Monako» esa...
23 MAY, 2026, 12:54
Frantsiyadan evrokuboklarga yo'llanma olgan barcha jamoalar ro'yxati ma'lum bo'ldi.
«Lans»ning mamlakat Kubogidagi g'alabasi tufayli «Renn» Konferentsiyalar Ligasi o'rniga Evropa Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endilikda jamoa mazkur turnirning umumiy bosqichida ishtirok etadi.
Chempionatda ettinchi o'rinni egallagan «Monako» esa Konferentsiyalar Ligasiga yo'l oldi. Ularni turnirning saralash bosqichi kutib turibdi.
