Mourino «Real»da Bastonini ko'rishni istaydi
23 MAY, 2026, 12:42
Alessandro Bastoni faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, ammo «Barselona»da emas.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Inter» himoyachisi tez orada «Real» boshqaruvini qo'lga olishi kutilayotgan Joze Mourinoning e'tiborini tortgan. Milan klubi futbolchi uchun kamida 70 million evro talab qilmoqda va madridliklar bunday transferni amalga oshirishga qodir.
Shunga qaramay, Bastoni 2017 yildan buyon to'p surib kelayotgan «Inter»da qolishni istamoqda.
