logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya Arabistonida mavsum yakunlari: Jorje Jezush — eng yaxshi murabbiy, Kinones esa to'purar

 23 MAY, 2026, 12:36

«An-Nasr» ustozi Jorje Jezush yakunlangan Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb e'lon qilindi.

Portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida Ar-Riyod klubi 2019 yildan beri ilk bor chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Jamoa mavsum davomida bir qator ajoyib natijalarni qayd etdi:

Eng ko'p g'alaba (28 ta).

Eng uzun g'alabali seriya (ketma-ket 16 ta o'yin).

Eng ko'p gol urgan jamoa (91 ta).

Eng yaxshi to'plar nisbati (+63).

Shuningdek, «Al-Nasr» «Al-Ahli» bilan birgalikda eng ko'p «quruq» o'yin o'tkazgan jamoa bo'ldi (17 ta).

Mavsumning individual sovrindorlari:

To'purar (Oltin butsa): «Al-Qodisiya» hujumchisi Xulian Kinones 33 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi to'purariga aylandi. U «Al-Ahli» hujumchisi Ayven Tounini atigi bir gol farqi bilan ortda qoldirdi. O'tgan ikki mavsumda ushbu sovrinni qo'lga kiritgan «An-Nasr» forvardi Krishtianu Ronaldu bu safar 28 ta gol bilan cheklandi.

Eng yaxshi darvozabon (Oltin qo'lqop): «Al-Ahli» posboni Eduar Mendi eng yaxshi deb topildi. U va «Al-Hilol» darvozaboni Yassin Bunu teng miqdorda (14 ta) «quruq» o'yin o'tkazishgan bo'lsa-da, senegallik darvozabon kamroq gol o'tkazib yuborgani (18 taga qarshi 20 ta) evaziga ustunlikka erishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ