Usik Krishtianu Ronalduga murojaat qildi
23 MAY, 2026, 11:32
Portugaliyalik 41 yoshli futbolchining "Al Nassr" klubi bilan ilk sovrinini qo'lga kiritganidan xabaringiz bor, albatta.Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik "Al-Nassr" sardori Krishtianu Ronalduni Saudiya Arabistoni chempionatidagi g'alabasi bilan tabrikladi.
"Krishtianu Ronaldu, sen yana bir bor haqiqiy chempion ekanligingni isbotlading. Seni va butun jamoani g'alaba bilan tabriklayman. CHempionlar!", deb yozdi Usik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi.
So'nggi 34-tur o'yinida "Al-Nassr" klubi "Damak"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi va klub tarixidagi 10-chempionlikni qo'lga kiritdi. Krishtianu Ronaldu uchun bu sovrin Saudiya Arabistoni chempionatidagi birinchisi bo'ldi.
Saudiya Arabistoni chempionati yakuniga ko'ra, "Al-Nassr" 86 ochko jamg'arib, birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinda 84 ochko jamg'argan "Al-Hilol" joylashdi. "Al-Ahli" esa 81 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi.

Manba: olamsport.com
