logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Takkinardi: «Yuventus» mavsumning eng mas'uliyatli paytida pand berdi»

 23 MAY, 2026, 10:24

Turinning «Yuventus» klubi sobiq himoyachisi Alessio Takkinardi A Seriyaning oxiridan oldingi turida «Fiorentina»ga mag'lub bo'lib, Liga chempionlari yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasini ancha qiyinlashtirib yuborgan klub muammolaridan norozi.

«Avvaliga «Verona» bilan g'alati o'yin bo'ldi, «Fiorentina» bilan esa umuman muvaffaqiyatsizlikka uchraldi. Men maydonda biror tayinli harakat ko'rmadim. «Yuventus» mavsumning eng mas'uliyatli paytida pand berdi», — deya Takkinardining so'zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Takkinardi Turinning «Yuventus» klubida 1994 yildan 2007 yilgacha to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ