logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Portu» Lyuk de Yong bilan xayrlashdi

 23 MAY, 2026, 09:24

«Portu» klubi o'z rasmiy sayti orqali hujumchi Lyuk de Yong yozda jamoadan ketishini e'lon qildi. Klub 35 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaydi va unga kelajakdagi faoliyatida omad tiladi.

Forvard «Portu»ga 2025 yilning avgust oyida PSVdan o'tgan edi. Jamoa safidagi to'rtinchi o'yinida u o'zining debyut golini urdi, biroq o'sha uchrashuvda jarohat oldi. Noyabr oyida de Yong safga qaytganiga qaramay, uch o'yindan so'ng tizza paylarini jiddiy shikastlab, mavsum oxirigacha maydondan chetda qoldi.

Eslatib o'tamiz, Lyuk de Yong o'z faoliyati davomida «Sevilya», «Barselona», Myonxengladbaxning «Borussiya»si, «Nyukasl», «Tvente» va «De Grafsxap» kabi klublarda to'p surgan. Shuningdek, u Niderlandiya terma jamoasi safida 39 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ