logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frantsiya futbol federatsiyasi JCh-2026 oldidan futbolchilardan bonuslarni kamaytirishni so'ramoqda

 23 MAY, 2026, 09:18

Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo JCh-2026 oldidan o'quv-mashg'ulot yig'inlari boshlanishida terma jamoa futbolchilari bilan uchrashdi. L'Equipe xabariga ko'ra, u o'yinchilardan jahon chempionatida ishtirok etganlik uchun beriladigan bonuslarni kamaytirishga rozi bo'lishlarini so'ragan.

Manbaning ma'lum qilishicha, FFF bunday choralarga qo'l urdi, chunki FIFA tomonidan ajratiladigan mukofot pullari hozircha kutilgan miqdorda emas, dollar kursining evroga nisbatan noqulayligi, shuningdek, musobaqa bilan bog'liq xarajatlarning juda yuqoriligi sababli federatsiya byudjetni tejashga majbur bo'lmoqda.

Nike kompaniyasi bilan tuzilgan 100 million evrolik rekord darajadagi shartnomaga qaramay, Frantsiya futbol federatsiyasi bir necha oydan buyon barcha milliy terma jamoalar kesimida xarajatlarni qisqartirishga harakat qilmoqda.

Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan. Frantsiya terma jamoasi JCh-2026 ga tayyorgarlik ko'rish uchun 28 may kuni Klerfontenda yig'iladi.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Frantsiya terma jamoasi guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya termalari bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ