logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yamal yoki Mbappe emas: La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi tanlandi

 23 MAY, 2026, 09:06

The Athletic nashri La Liganing joriy mavsumidagi eng yaxshi o'yinchini aniqladi. Ushbu e'tirofga «Barselona» darvozaboni Joan Garsiya loyiq deb topildi, u jamoasining chempionatda ishonchli g'alaba qozonishida muhim o'rin tutdi.

25 yoshli darvozabon uchun bu «ko'k-anorranglilar» safidagi birinchi mavsumdir. Joan Garsiya «Barselona»ga o'tgan yilning yozida «Espanol»dan 25 million evro evaziga o'tgan edi. Ispaniyalik posbon Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safida La Ligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol o'tkazib yubordi va 15 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

So'nggi tur oldidan kataloniyalilar turnir jadvalida Madridning «Real» klubini 11 ochkoga ortda qoldirib, birinchi o'rinni egallab turibdi. Bugun «Barsa» joriy mavsumdagi so'nggi bahsida «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ