logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Modrich: «Niqob meni superqahramonga aylantirmaydi»

 23 MAY, 2026, 09:00

Xorvatiyalik futbolchi Luka Modrich yana maydonga qaytishga tayyor. U Italiya chempionati – A Seriya so'nggi turida «Kalyari»ga qarshi kechadigan bahsda ishtirok etmoqchi. Modrich uchrashuvda niqobda harakat qiladi, biroq u o'zini bolalar o'ylaganidek superqahramon deb his qilmasligini ta'kidladi.

«Men o'zimni normal inson sifatida his qilaman, superqahramon emasman. Niqob taqishga majburman, chunki shifokorlar shuni so'rashmoqda. Bu niqob menga superqahramondek ko'rinish berishi uchun emas», — deya Modrichning so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Modrich o'tgan yilning yozida Italiyaning «Milan» klubiga o'tgan edi. Avvalroq u Madridning «Real» va Londonning «Tottenxem» klublari safida to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ