logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Rolan Garros". Kudermetova asosiy to'rga yo'llanma taqdim etgan final bahsida kortga chiqdi

 23 MAY, 2026, 09:00

O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros 2026" turnirining saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgandi.

Saralash turnirida 16-raqam ostida tasniflangan Kudermetova ilk davrada niderlandiyalik Anuk Koevermansni 6/1, 7/5(5), 1/2 final uchrashuvida bolgariyalik Viktoriya Tomovani 7/6(2), 6/7(5), 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Afsuski, u asosiy to'rga yo'llanma taqdim etgan saralashning final uchrashuvida xitoylik Van Siyuyga kutilmaganda 3/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib, nufuzli turnirdagi ishtirokini yakunladi. To'qson daqiqa davom etgan bahsda Polina eys zarbasini amalga oshira olmadi, qo'shxatolari 4 tani tashkil qildi. Vanda 1 ta eys zarba bo'ldi, qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan birinchi uchrashuvi bo'ldi. 

Taqqoslash uchun, Polina WTA reytingida 125, Van Siyuy 148-o'rinni egallab turibdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ