logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Mark Kasado borasida qaror qabul qildi

 23 MAY, 2026, 08:42

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado zaxirada qolayotganidan norozi, shu sababli yozgi transferlar oynasida jamoadan ketish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Diario Sport xabariga ko'ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik yarim himoyachi bilan suhbat o'tkazib, Pedri, Frenki de Yong, Gavi va Mark Bernal nima uchun undan ustunroq ko'rilayotganini tushuntirgan. Kasado nemis mutaxassisining ochiqligini qadrlagan.

Klub 22 yoshli futbolchini olib qolishga tayyor va uni sotishga undamaydi. Mark Kasadoning taqdiri o'ziga bog'liq — agar u transfer so'ramasa, jamoadan ketmaydi.

Kelasi bir necha hafta ichida ispaniyalik futbolchining agentlari «Barselona» sport direktori Deku bilan kelajakni muhokama qilish uchun uchrashuv o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ