logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sesk Fabregas Nikolas Pasning kelajagiga oydinlik kiritdi: "Boshqa hech qanday variant yo'q"

 22 MAY, 2026, 20:36

"Komo" jamoasi bosh murabbiyi Sesk Fabregas o'z jamoasi etakchisi Nikolas Pasning kelajakdagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Avvalroq hujumkor yarim himoyachi yozgi transfer oynasida Madridning "Real" klubi tomonidan sotib olinishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, milanliklarning "Inter" klubi ham futbolchiga qiziqish bildirayotgani aytilgandi.

"Pas "Inter"ga yoki boshqa biror klubga o'tmaydi. Niko yoki Madridning "Real" safida, yoki "Komo" tarkibida o'ynaydi. Boshqa hech qanday variant yo'q", — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Joriy mavsumda A Seriyada Pas 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 13 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ