logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Andres Inesta murabbiylik faoliyatini boshladi: Afsonaviy futbolchi BAA klubini boshqaradi

 22 MAY, 2026, 19:24

Ispaniya futbolining o'tmishdagi mashhur yulduzi Andres Inesta murabbiylik faoliyatini boshlamoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi BAAning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Galf Yunayted» klubini boshqaradi. Inesta allaqachon Dubay klubi bilan mehnat shartnomasini imzolab ulgurgan.

Inesta futbolchilik faoliyatini 2024 yilda yakunlagan edi. U «Barselona» tizimida 22 yil bo'lib, shundan 18 yilini «ko'k-anorranglilar»ning asosiy jamoasida o'tkazgan. 2018 yilda Inesta Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubiga o'tdi, so'ngra BAAning «Emireyts» jamoasida ham to'p tepdi. 11 may kuni ispaniyalik futbol afsonasi 42 yoshni qarshi oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ