logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirdi

 22 MAY, 2026, 18:54

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bugun, 22 may kuni «shaharliklar» ispaniyalik mutaxassis 10 yillik faoliyatidan so'ng mavsum yakunida klubni tark etishini ma'lum qilishdi.

«Gvardiolaning shunday darajadagi klubda 10 yil ishlashi — bu aqlbovar qilmas natija. U erishgan yutuqlar hayratlanarli. Hatto ishlar unchalik yaxshi ketmayotgan paytlarda ham u vaziyatdan chiqib ketish yo'lini doimo bilgan», — deya Flikning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Flik, shuningdek, «ko'k-anorranglilar»ni 10 mavsum davomida boshqarishi amrimahol ekanini qo'shimcha qildi. Gvardiola davrida «Manchester Siti» 20 ta sovrinni, jumladan, olti marta Angliya chempionligini qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ