logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pep Gvardiola kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

 22 MAY, 2026, 18:54

Bugun, 22 may kuni «Manchester Siti» Xosep Gvardiola mavsum yakunida bosh murabbiy lavozimini tark etishini e'lon qildi. «Shaharliklar» ustozi sifatida o'tkazgan so'nggi matbuot anjumanida ispaniyalik mutaxassis o'z kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Men dam olaman. Murabbiylik faoliyatidan ma'lum muddatga uzoqlashishni rejalashtiryapman, aks holda bu erdan ketmasdim», — dedi Gvardiola. Mutaxassis, shuningdek, ingliz klubining bir qismi bo'lib qolishdan mamnun bo'lishini, ammo murabbiy sifatida emas, balki boshqa rolda ekanini qo'shimcha qildi.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»da ishlab kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida ispaniyalik murabbiy «shaharliklar» bilan 20 ta sovrinni qo'lga kiritdi. 24 may kuni uning jamoasi yaqindagina Evropa ligasi g'olibi bo'lgan «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi. Angliya Premer-ligasining so'nggi tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ