logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tyago Alkantara «Barselona» murabbiylar shtabidan ketdi

 22 MAY, 2026, 16:36

Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Tyago Alkantara «Barselona» murabbiylar shtabini tark etdi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

35 yoshli ispaniyalik mutaxassis endi Xans-Diter Flikning texnik yordamchisi sifatida ishlamaydi. Alkantara 2024 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng germaniyalik murabbiy shtabiga kirgan edi.

Tyago — «ko'k-anorranglilar» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2007 yildan 2013 yilgacha jamoa sharafini himoya qilgan. Kataloniya klubidan ketgach, yarim himoyachi «Bavariya» va «Liverpul» safida ham to'p tepgan.

Eslatib o'tamiz, Flik boshchiligidagi jamoa avvalroq Ispaniya chempionatida muddatidan avval chempionlik unvonini qo'lga kiritgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ