logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xames Rodriges «Bavariya»da Kovach bilan bo'lgan kelishmovchiligini esladi

 22 MAY, 2026, 16:24

Yarim himoyachi Xames Rodriges «Bavariya»da Niko Kovach qo'l ostida to'p surgan davri va murabbiy bilan o'rtada yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida gapirib berdi.

Epizodlardan biri mashg'ulotlardan so'ng chidamlilikni oshirish uchun bajariladigan qo'shimcha ishlar bilan bog'liq edi. Xamesning myunxenliklar safidagi ijara asosida o'tkazgan ilk mavsumi Karlo Anchelotti boshqaruvida muvaffaqiyatli kechgandi, biroq keyinchalik jamoaga Kovach keldi va vaziyat butunlay o'zgardi.

«U murabbiy sifatida futbolchilar asosiy mashg'ulotlardan keyin yana 30 daqiqa davomida velotrenajyor haydashlarini yaxshi ko'rardi. Men esa unga: «Men nima, «Tur de Frans»ga tayyorgarlik ko'ryapmanmi yoki qanday? Axir men futbolchimanku», — derdim», — deya Xamesning so'zlarini keltirmoqda «ESPN Deportes» nashri.

Shuningdek, Rodriges nemis tilini o'rganishdagi muammolarini ham yodga oldi va dars paytida uniing faqat uxlagisi kelganini tan oldi. Yakunda yarim himoyachi Madridning «Real» klubiga qaytdi, keyinchalik esa faoliyatini Angliyada davom ettirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ