Patrik Vieyra: «Real»ga o'tmaganimdan afsuslanaman»
22 MAY, 2026, 14:54
«Arsenal», «Yuventus», «Inter» va «Man Siti» sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra uni «Real»ga to'rt marta taklif qilishgani haqida so'zlab berdi.
«Futboldagi butun faoliyatim davomida faqat bir narsadan afsuslanaman — «Real»ga o'tmaganimdan. «Arsenal»da o'ynab yurgan vaqtlarimda (frantsiyalik futbolchi 1996 yildan 2005 yilgacha londonliklar safida to'p surgan) menga to'rt yil davomida shunday taklif bilan chiqishgan. So'nggi bor men «ha» deb javob bergandim, hamma narsa kelishib bo'lingan edi. Lekin keyin o'ylanib qoldim — men «Arsenal»ni haddan tashqari yaxshi ko'rardim.
Madridga «Manchester Siti» elchisi sifatida borganimda, Florentino Peres menga: Sen «Real» taklifini rad etgan yagona o'yinchi eding, degandi», — deya xotirlaydi 49 yoshli jahon va Evropa chempioni La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
