Arbeloa Mourino bilan ishlamaydi
22 MAY, 2026, 14:48
Yaqin orada «qaymoqranglilar» boshqaruvini qo'lga olishi kutilayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino haqida «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'z fikrlarini bildirdi. Avvalroq Arbeloa joriy mavsum yakunlangach, «Real»dan ketishini ma'lum qilgan edi.
«Mourinoning fantastik shtabi bor, uning atrofida professionallar yig'ilgan. Agar u kelsa, o'z odamlari bilan ishlaydi va bu tabiiy hol. Menda u bilan ishlash uchun hech qanday imkoniyat yo'q», — dedi Arbeloa jurnalistlarga.
Mutaxassis so'nggi to'rt oy davomida faqatgina «Real» haqida o'ylaganini, ammo endi yangi chaqiriqlarga tayyor ekanligini ta'kidlab o'tdi.
