logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frantsiya Kubogi finali oldidan Parijda ommaviy tartibsizliklar yuz berdi: «Nitstsa» muxlislari qo'lga olindi

 22 MAY, 2026, 14:06

Parij shahri Frantsiya Kubogi final uchrashuvi oldidan jiddiy tartibsizliklar markazida qoldi. Bugun, 22 may kuni turnirning bosh matchida «Lans» va «Nitstsa» jamoalari o'zaro to'qnashadilar.

Politsiya bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'yinga bir kun qolganda poytaxt ko'chalarida «Nitstsa» klubining yuzga yaqin ashaddiy ishqibozlaridan iborat guruh to'plangan va ular maqsadli ravishda to'qnashuv qidirishgan. Yuzaga kelgan kelishmovchiliklar tez fursatda yirik ko'cha to'qnashuvlariga aylanib ketgan.

Guvohlar va mahalliy OAVning xabar berishicha, shaharda mushtalashuvlar, barlardagi pogromlar va ko'chalarda ommaviy tartibsizliklar kuzatilgan. Parij politsiyasi allaqachon 65 nafar shaxs qo'lga olingani haqida hisobot berdi.

Eslatib o'tamiz, «Lans» mamlakat vitse-chempioniga aylangan bo'lsa, «Nitstsa» mavsumni 16-o'rinda yakunladi va endilikda kuchlilar safida qolish uchun o'tish o'yinida ishtirok etadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi kubok finali Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ