logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Manuel Noyer jarohati sabab Germaniya Kubogi finalini o'tkazib yuboradi

 22 MAY, 2026, 14:00

«Bavariya» golkiperi Manuel Noyer Germaniya Kubogi finali doirasidagi «Shtutgart»ga qarshi uchrashuvda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 40 yoshli darvozabon mushaklaridagi jarohat tufayli bo'lajak muhim bahsni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. «Bavariya»ning boshlang'ich tarkibida maydonga Yonas Urbig tushadi. Qayd etilishicha, Noyerning tiklanish jarayoni juda yaxshi ketmoqda, biroq tajribali posbon yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati oldidan sog'lig'ini tavakkal ostiga qo'yishni istamayapti.

«Bavariya» va «Shtutgart» jamoalari o'rtasidagi Germaniya Kubogining final uchrashuvi ertaga, 23 may — shanba kuni bo'lib o'tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da yangraydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ