logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike: «Pepsiz APL va Evrofutbol mutlaqo boshqacha qiyofaga kiradi»

 22 MAY, 2026, 13:24

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike hamkasbi Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi faoliyatini yakunlayotgani va ingliz klubini tark etayotgani haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

«To'g'risini aytsam, bunga hech ishongim kelmayapti. Pepning «Manchester Siti»dan ketishi nafaqat ingliz futboli, balki butun Evropa futboli uchun ulkan yo'qotishdir. U oxirgi o'n yil ichida APLda shunday bir davrni yaratdiki, uni takrorlash kimgadir nasib qilishi juda qiyin. Men hali ham bu shunchaki mish-mish bo'lib chiqishini va u o'z qarorini o'zgartirishini istardim», — deya Enrikening so'zlarini keltiradi matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Pep Gvardiola 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng «shaharliklar» lagerini tark etishi ma'lum bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ