logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Marselo Belsa JCh-2026 dan so'ng Urugvay terma jamoasini tark etishini tasdiqladi

 22 MAY, 2026, 13:12

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin milliy jamoani tark etishini tasdiqladi. 70 yoshli argentinalik mutaxassis Urugvay futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomani uzaytirmasligini ma'lum qildi.

«Bizning faoliyatimiz Jahon chempionatidan so'ng yakuniga etadi. Har qanday professional uchun bunday turnirda ishtirok etish — haqiqiy mo''jiza. Bu tuyg'uni his qilish imkoniyatini bergani uchun Urugvaydan minnatdorman», — deya Belsaning so'zlarini keltiradi «El Pais» nashri.

Shuningdek, Belsa sobiq himoyachi Ugo de Leonning gaplarini yodga olib, Urugvay futbolining uslubi haqida ham to'xtalib o'tdi.

«U Urugvay maydonda taklif qilmaydi, balki javob qaytaradi, deb aytgan edi. Ya'ni jamoa o'z o'yinini raqibning harakatlariga nisbatan reaktsiya sifatida quradi. Menga bu ta'rif juda yoqdi. O'zim doim maydonda shaxsiy o'yinimizni taklif qilish haqida o'ylayman, ammo bunday boy futbol tarixiga ega mamlakatda uning asl mohiyatini tushunish juda muhim», — deya ta'kidladi mutaxassis.

Urugvay terma jamoasi JCh-2026 bahslarida «H» guruhida Ispaniya, Saudiya Araviisi va Kabo-Verde terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ