logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xaver Tebas: «Peresning gaplari yolg'on, «Real»ning 500 sahifalik hisobotini ko'rmoqchiman»

 22 MAY, 2026, 11:54

Ispaniya La Ligasi rahbari Xaver Tebas Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peresning yaqinda klubdan o'g'irlangan titullar haqida aytgan gaplariga munosabat bildirdi. Peresning so'zlariga ko'ra, «qaymoqranglilar»dan naqd ettita chempionlik «o'g'irlangan». Ushbu bayonot jamoatchilik tomonidan «Barselona» klubi sha'niga aytilgan ayblov sifatida qabul qilindi.

«Yo'q, bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Men «Real»ning bu bo'yicha 500 sahifalik hisobotini ko'rishni istayman. Bizda ham hisobot bor, ammo 500 sahifalik emas», — deya Ispaniya OAVlari Tebasning so'zlarini keltirmoqda.

Joriy mavsumda ham «Real» La Liga oltin medallarini «Barselona»ga boy berdi. So'nggi tur oldidan «ko'k-anorranglilar» madridliklarni 11 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni naqd qilib bo'lishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ