logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» 41 yoshli sobiq himoyachisi Tyago Silvani ortga qaytarmoqchi

 22 MAY, 2026, 11:36

«Milan»ning sobiq himoyachisi Tyago Silva jamoadan ketganidan 14 yil o'tib, yana Italiya klubiga qaytishi mumkin. «ESPN Brazil» nashrining bergan ma'lumotlariga ko'ra, «rossonerilar» braziliyalik futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilgan.

Shu yilning sentyabr oyida Silva 42 yoshni qarshilaydi. Avvalroq «Portu» klubi tajribali himoyachi bilan shartnomani uzaytirmasligi ma'lum bo'lgan edi, buning natijasida u 30 iyun kunidan boshlab erkin agentga aylanadi.

Tyago Silva 2009 yildan 2012 yilgacha «Milan» sharafini himoya qilgan, shundan so'ng 42 million evro evaziga «PSJ»ga sotib yuborilgan edi. Keyinchalik u «Chelsi», «Fluminense» va «Portu» klublarida to'p surdi. Ortda qolgan mavsumda braziliyalik futbolchi Portugaliya klubi safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ularning 12 tasini asosiy tarkibda boshladi.

Shuningdek, Silva faoliyatini yakunlab, «Chelsi» akademiyasida murabbiylik faoliyatini boshlash variantini ham ko'rib chiqayotgani xabar qilinmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ