logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dembele «PSJ»dan ketishi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo'ydi

 22 MAY, 2026, 11:24

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi ikki yildan keyin yakuniga etadi, uzaytirish bo'yicha muzokaralar esa hozircha olib borilayotgani yo'q. Shunga qaramay, 29 yoshli futbolchining o'zi jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi barcha mish-mishlarni rad etmoqda.

«Keyingi mavsumda «PSJ»da qolishimga 100 foiz ishonchim komil. Shartnomam 2028 yilda tugaydi, barchasi ko'ngildagidek kechmoqda. Klubda hamma bilan — jamoadoshlarim, xodimlar va prezident bilan munosabatlarim juda yaxshi. Ko'ramiz, menga yangi shartnoma taklif qilishadimi yoki yo'q, lekin men «PSJ»da baxtliman va bu erda uzoq vaqt qolishga umid qilaman», — deya «Rothen s'enflamme» ko'rsatuviga bergan intervyusida bayonot berdi Dembele.

Yaqindagina «Oltin to'p» sohibi 30 may kuni «Arsenal»ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi final uchrashuviga qadar jarohatidan to'liq sog'ayishga ulgurishini ham sha'ma qilib o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ