logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Levandovski o'rniga 3 ta top-variant topdi

 22 MAY, 2026, 11:12

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etadi. 37 yoshli polyak futbolchisi tez orada jamoadan ketishini e'lon qilib ulgurdi — u erkin agentga aylanadi.

«Mundo Deportivo» nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, «Barselona» rahbariyati Levandovskining o'rnini bosish uchun yangi top-darajadagi hujumchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Ayni damda ushbu pozitsiya uchun asosiy nomzodlar sifatida Xulian Alvares («Atletiko»), Joao Pedro («Chelsi») va Xarri Keyn («Bavariya») ko'rilmoqda.

«Transfermarkt» portali ekspertlari Alvares, Pedro va Keynning transfer qiymatini tegishli ravishda 90, 75 va 65 million evroga baholashmoqda.

Shanba kuni Xans-Diter Flik shogirdlari mavsumning so'nggi uchrashuvi doirasida «Valensiya»ga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ