Diego Simeone «Chelsi» himoyachisini «Atletiko» uchun bosh maqsad qilib belgiladi
22 MAY, 2026, 11:06
Ispaniya terma jamoasi va Londonning «Chelsi» klubi qanot himoyachisi Mark Kukurelya yozgi transfer oynasida vataniga qaytishi mumkin. Bu haqda «Marca» gazetasi jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Madridning «Atletiko» klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Lateral bilan shartnoma imzolash «matraschilar»ning yozgi transfer oynasidagi asosiy ustuvor vazifasiga aylandi. Kukurelyaning transferiga jamoa ustozi Diego Simeonening shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.
Mark 2022 yilning avgust oyidan buyon «aristokratlar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Himoyachining transfer qiymati 50 million evroga baholanmoqda.
