logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bugun Humoyun Sultonov final chiptasi uchun kortga chiqadi

 22 MAY, 2026, 11:00

Avstriyaning Klagenfurt shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Jarohatlar sabab musobaqalarda ishtirok eta olmagan va buning natijasida reytingda yaxshigina pastlagan Humoyun Sultonov Klagenfurt turniridagi uchinchi g'alabasiga erishdi. Mamlakatimizning sobiq birinchi raketkasi 1/4 finalda germaniyalik Kelvin Myullerni ikki set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchrata oldi - 6/3, 7/5. 

Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 806, Myuller esa 924-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bugun Humoyun final chiptasi uchun chexiyalik 31 yoshli Dominik Rechekka qarshi kortga chiqadi. CHex tennischisi ATP reytingida 1002-pog'onadan joy olgan. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ