logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kazemiroga yangi xaridor chiqdi

 22 MAY, 2026, 11:00

«Manchester Yunayted»ning braziliyalik xavbeki Kazemiro Angliya Premer-ligasini MLSga (AQSh oliy ligasi) almashtirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, yulduz yarim himoyachiga «Los-Andjeles Gelaksi» klubi yangi da'vogar sifatida paydo bo'lgan. Kaliforniya klubi 34 yoshli futbolchi uchun kurashda tarkibida argentinalik Lionel Messi to'p surayotgan «Inter Mayami» jamoasiga raqobat tug'dirmoqchi. Bundan tashqari, Kazemironing xizmatlariga Saudiya Arabistoni chempionatining bir nechta etakchi klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq tajribali braziliyalik futbolchi 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin «qizil iblislar» safini tark etishi ma'lum bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ